Qo‘shiqlar va matnlar / Yaqinlikdan keyingi begonalik

Endi Begona

Davom Etar · o‘zbek tili

Davom Etar albomidagi Endi Begona bir paytlar yaqin bo‘lgan, endi esa begona bo‘lib qolgan insonga murojaat qiladi. Sevgi so‘zlari haqidagi xotiralar ayriliq azobiga qo‘shiladi: ilgari iliqlik bergan narsa endi og‘riq manbaiga aylangan.

Asosiy ziddiyat

Naqoratda mehrli ta’rif va murojaatlar saqlanadi, ammo u begonalikni tan olish bilan tugaydi. Iliq so‘zlar va o‘zgargan holat to‘qnashuvi naqoratni qo‘shiq markaziga aylantiradi. Munosabat o‘zgargan bo‘lsa ham, sevgi so‘zlari xotiradan o‘chmagan.

Bandlardagi obrazlar

Bandlar og‘riq, g‘azab va yolg‘izlikning keskin obrazlaridan foydalanadi. Ikkinchi qismda kechinma yozuvga, qalam va o‘z so‘zlariga murojaatga aylanadi. Bular lirik qahramon nutqi sifatida o‘qilishi kerak; matn muallif hayotidagi voqealar haqidagi hujjatli xabar emas.

Alohida nomlar, alohida qo‘shiqlar

Endi Begona, Begona va Xayr Endi — bitta trekning talqinlari emas, alohida qo‘shiqlar. Endi Begona — Davom Etar’da, Begona — Balandda’da, Xayr Endi esa Bolaligim’da. Har bir albomning qo‘shiqlar ro‘yxati diskografiyada bor.

Bu — qo‘shiq matniga tahririy sharh; ijodkorning qo‘shiq yaratilishi haqidagi hikoyasi emas.

Qo‘shiq matni

Musiqa va so‘zlar muallifi — Shoxrux. Matnni ijodkor taqdim etgan; asl imlo saqlangan.

VERSE 1:
Ko'kga boqib urgim kelar faryod,

Haryod olganimda uni degim keladi dod,

Nega hayot barbod,

Nahotki umrbod endi o'zga bir zot,

Etadi shod yorni,

Yahshisi qurol bilan kelgin yuragimga ot mana

Ko'ksimni ochdim,

Sevgim qancha begona nigohlardan olib qochdim,

Birov biror so'z deya ko'rsa, jahlimni sochdim,

Qaysi hato uchun bunday jazolamoqdasan mani,

Mutloq g'olib bildim sani,

Yutug'ing nishonla qani,

Yana qil tantana,

Ahir hamma hammani,

Judo etib tanam

Ezib go'zal sanam,

Ketti tanlab o'zgani,

Tashvishdaman o'ylab uni,

Uni esa yuzlarida tabassum,

Shudir alam qilgani.

CHORUS:
Lali labli, nozik tabli
Lazzat gapli, etdi jabir,
Bilmay sabir, bilmay sabir,
Derdi habibi zorimsan,
Guvoh rabbim san borimsan,
Nechun unda so'zla suluv,
Endi begona yorimsan.

Lali labli, nozik tabli
Lazzat gapli, etdi jabir,
Bilmay sabir, bilmay sabir,
Derdi habibi zorimsan,
Guvoh rabbim san borimsan,
Nechun unda so'zla suluv,
Endi begona yorimsan.

VERSE 2:
Mayliga roziman deyman taqdir-chaqdir

Chaqmog'ing boshimga toshlaringni yog'dir,

Ahir faqat tahr hamda bir hil yashayotgan hayot umrim,

Bo'ldi bilganing qil yetar sabr tugadi endi bari bir chiqdi jahl,

Istaysan ne qilishimni sevgan kishimni,

Iliq mehrla isitgan qahraton sovuq qishimni,

Ishingni qara qilgan zo'rg'a tishimga tishimni,

Qo'yib kuyib chidayman yorim tark etdi og'ushimni,

Bahtga to'lgan qalb ayni damda endi darda g'amda,

Badanda tanda og'riq chunki nimadirla kamda,

Alamda alamim olaman qo'limdagi qalamdan,

Olamda yolg'iz qoldim ayrildim u go'zal sanamdan,

Bas ortiq Qaltis hazil huzullaring qilaverma,

Hazilni tagi zil bag'rimni tilaverma,

Undan ko'ra yahshilik qil ustimdan kulaverma,

Yaram tuzat beshavqat bo'lavermay.

CHORUS:
Lali labli, nozik tabli
Lazzat gapli, etdi jabir,
Bilmay sabir, bilmay sabir,
Derdi habibi zorimsan,
Guvoh rabbim san borimsan,
Nechun unda so'zla suluv,
Endi begona yorimsan.

Lali labli, nozik tabli
Lazzat gapli, etdi jabir,
Bilmay sabir, bilmay sabir,
Derdi habibi zorimsan,
Guvoh rabbim san borimsan,
Nechun unda so'zla suluv,
Endi begona yorimsan.

Tanishuvni davom ettiring

Yozuvni odatdagi platformangizdagi Shoxrux rasmiy katalogidan toping. Albomlardagi qo‘shiqlar ro‘yxati va boshqa alohida relizlar diskografiyada jamlangan.